Soddalashtirilgan soliq tizimining tarkibiy tuzilishi Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi yoki yagona soliq to'lanishini nazarda tutuvchi soliq solishning soddalashtirilgan tizimi qo'llanilishi mumkin. 2008 yilga qadar soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga o'tgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.04.1998 yil 159-sonli qarorida Soliq kodeksiga muvofiq ravishda o'zgartirish va qo'shimchalar aks ettirilgan holda soliq solishning soddalashtirilgan tizimi quyidagi tarkibga ega bo'lgan: 1.Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi. 2.Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to'lovi. 3.Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig'i. 4.Alohida turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qatiy belgilangan soliq. 5.Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning yalpi tushumidan yagona soliq. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida»gi PQ-744-son qarori va 2007 yil 23 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2007 yil 30 noyabrda Senat tomonidan maqullangan, 2007 yil 25 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov tomonidan tasdiqlangan 2008 yil 1 yanvardan etiboran kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 23-moddasida belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to'lanadigan quyidagi soliqlar qo'llanilishi mumkin: 1.Yagona soliq to'lovi. 2.Yagona yer solig'i. 3.Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qatiy belgilangan soliq. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to'lovchilar uchun to'lov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy to'lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatlari saqlanib qoladi: soliq qonunchiligida nazarda ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.45 KB
Ko'rishlar soni
191 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.45 KB
Ko'rishlar soni
191 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx