Soliq ishini tashkil etishning nazariy asoslari Reja: Soliq xizmati va bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari. O'zbekiston Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi. Davlat soliq qo'mitasining vazifalari va funksiyalari. Soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar, moliya-kredit muassasalari bilan o'zaro hamkorligi. 1. Soliq xizmati va bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga o'tilishi iqtisodiy rivojlanishning yangicha shart-sharoitlari soliqqa tortishning mutlaqo yangi tizimini joriy qilishni talab qildi va bunday tizimning birmuncha optimal darajada amal qilishini ta'minlaydigan mexanizmning yangi tuzilmasini yaratishni taqozo etdi. Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq va bojxona idoralari tizimi o'zining muayyan tarixiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O'zbekiston hududida ham amal qilardi. Keyinchalik ular faoliyati to'xtatib qo'yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul qilingan «Davlat soliq inspektsiyalarining huquqlari, vazifalari va mas'uliyati to'g'risida»gi Qonunga muvofiq, 1990 yilning 1 iyo'lidan boshlab qayta tiklandi. Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi. Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oxirida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Davlat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to'g'risida»gi Qarori (1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan so'ng faollasha boshladi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O'zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to'g'risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to'g'risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq idoralarining shakllanishi va faoliyat ko'rsatishiga asos solindi. Respublika davlat boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994 yilgacha, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.4 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.4 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx