Soliq munosabatlarining subyektlari Soliq to'lovchi yuridik shaxslar va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlari bo'lib hisoblanadi. Yuridik shaxs deb quyidagilar etirof etiladi: O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo'lgan, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot. Chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti. O'zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Notijorat tashkilotlari deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o'z qatnashchilari (a'zolari) o'rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi. Notijorat tashkilotlariga byudjet tashkilotlari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan O'zbekiston Respublikasida davlat ro'yxatidan o'tgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar kiradi. Soliq to'lovchilar soliq qonunchiligiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxslar va ularning alohida bo'linmalaridir. Soliq agentlari soliq qonunchiligiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to'lovchidan ushlab qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga o'tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir. Soliq to'lovchining vakillari qonunga yoki tasis hujjatiga muvofiq soliq to'lovchining vakili bo'lishga vakolatli shaxslardir. 2.2.1-rasm. Yuridik shaxslarning o'ziga xos xususiyatlari Vakolatli organlar quyidagilardir: 1.Davlat soliq xizmati organlari - O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.32 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.32 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx