Soliq nazariyasi fanining mazmuni, predmeti va vazifalari

Soliq nazariyasi fanining mazmuni, predmeti va vazifalari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliq nazariyasi fanining mazmuni, predmeti va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Soliq nazariyasi fanining mazmuni, predmeti va vazifalari Reja: Soliq nazariyasi fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog'liqligi. Fanni o'rganish usullari. 1. Soliq nazariyasi fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida Soliq munosabatlari davlatning bajaradigan vazifa va faoliyati amaliy jarayonining ibtidosini tashkil etadi. Chunki, har qanday ustqurtma muayyan iqtisodiy bazisdan oziqlanadi. O'z navbatida, bazisning fundamental asosini yaratuvchi omillar, ayni paytda uning qismatini ham belgilaydi. Mazkur ta'kiddan kelib chiqib, ana shu bazisning oqilona asosini shakllantiruvchi soliq hamda uning tizimini jamiyat tarixi taraqqiyotida tutgan rolini ko'zdan kechiradigan bo'lsak, o'ziga xos dastak ekanligini ilg'ash qiyin emas. Chunki, har qanday jamiyat o'zining xususiyati va tabiatiga ko'ra, bu jarayonga hamohangdir. G'oyat mas'uliyatli, o'z navbatida o'ta yuqori darajadagi ehtiyojni o'zida ifodalagan soliqlarning o'ziga xos rivojlanishi natijasida ularning jamiyat taraqqiyotida yangi qirralari, imkoniyatlari ortib bordi. Soliq nazariyasi fani soliqlarning nazariy jihatlarini, xususiyatlarini o'rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Fanning predmetiga to'xtalishdan oldin Soliq kategoriyasiga qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Soliq kategoriyasi - bu muhim iqtisodiy jarayon bo'lib, uning paydo bo'lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining mavjudligi bilan chambarchas bog'liqdir. Soliqlar har bir davlat faoliyatini moddiy jihatlarini ta'minlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Amaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Shu sababli, ushbu kategoriya har bir davlat tomonidan o'ziga xos tarzda foydalaniladi. Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funksiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa, soliqlarga nisbatan qo'yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, soliq tizimi tobora murakkab va ko'p qirrali bo'lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tarixi shuni ko'rsatadiki, davlat ma'muriy boshqaruv bilan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.15 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.15 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga