Soliq solinadigan aylanmani aniqlash Qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchida soliq solinadigan va solinmaydigan oborotlar, shu jumladan qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan oborotlar mavjud bo'lgan taqdirda, qo'shilgan qiymat solig'i soliq qonunchiligida belgilangan tartibda hisobga olinadi. Mol-mulkni ijaraga berishga, intellektual mulk obyektlaridan foydalanish huquqini berishga xizmatlar sifatida qaraladi. Quyidagilar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i summasi hisobga olinmaydi: 1.Olinayotgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo'yicha, shuningdek moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berish uchun olinayotgan mol-mulk bo'yicha. 2.Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi bo'lmagan yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek soliq qonunchiligiga muvofiq qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan foydalanish uchun olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha. 3.O'zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb etirof etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha. 4.Tekinga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha 5.Soliq qonunchiligiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlarni amalga oshirish maqsadida olingan mol-mulk bo'yicha. Ilgari hisobga olingan qo'shilgan qiymat solig'i quyidagi hollarda hisobga olishdan chiqarib tashlanishi kerak: -qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun yuridik shaxslar tomonidan foydalanilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha. -soliq qonunchiligida belgilangan qoidalarga rioya etilmagan taqdirda. -qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalardan, bunday normalar mavjud bo'lmaganda esa soliq to'lovchi tomonidan tasdiqlangan normalardan ortiqcha moddiy resurslar bo'yicha yo'qotishlar va buzilishlar. Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchi soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga (qo'shilgan qiymat solig'i to'lamaydiganlar toifasiga) o'tganda ilgari hisobga olingan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari bo'yicha hisobga olishga kiritilgan qo'shilgan qiymat solig'i summasiga tuzatish kiritiladi. Qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash bo'yicha imtiyoz berilganligi munosabati bilan soliq solinmaydigan oborotlar yuzaga kelgan soliq ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.3 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.3 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx