SОLIQ VA SОLIQQA TОRTISHFANINING PRЕDMЕTI, VAZIFALARI VA SОLIQLARNING IJTIMОIY-IQTISODIY MOHIYATI RЕJA: Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti, mazmuni va uni o'rganish usullari Soliqlarning ob'ektiv zarurligi, belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o'zaro munosabati Soliqlarning funksiyalari va vazifalari Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari 1.Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti, mazmuni va uni o'rganish usullari «Soliqlar va soliqqa tortish» fani soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, funksiyalari, soliqlarni hisoblash va byudjetga undirish mexanizmini o'rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Fanning predmetiga to'xtalishdan oldin «Soliq» kategoriyasiga qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, «Soliq» kategoriyasi - bu muhim iqtisodiy jarayon bo'lib, uning paydo bo'lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining mavjudligi bilan chambarchas bog'liqdir. Soliqlar har bir davlat faoliyatining moddiy jihatlarini ta'minlaydi. Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotida soliqlar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Amaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. SHu sababli ushbu kategoriyadan har bir davlat tomonidan o'ziga xos tarzda foydalaniladi. Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funksiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa soliqlarga nisbatan qo'yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. SHu sababli soliq tizimi tobora murakkab va ko'p qirrali bo'lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tarixi shuni ko'rsatadiki, davlat ma'muriy boshqaruv bilan shug'ullangan hollarda uning ehtiyojlari ma'lum darajada saqlanib qoladi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo'lsa, uning xarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari ko'payadi. Bunday holatda soliqlarning shakllari pang-baranglashib boradi. Hozirgi kunda har bir fanni o'rganishda uni talabalarga to'liq etkazish, talabalarni fikrlashga undash va jalb etish, shu orqali etuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadi yotadi. Fanni o'rganishda hozirgi davrning ilg'or uslublaridan va o'qitishning ilg'or pedagogik texnologiyalaridan ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.87 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.87 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc