Soliqlarning funksiyalari va vazifalari Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o'rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to'lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo'lib, milliy daromadning bir qismi bo'lgan pul mablag'larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o'z funksiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o'zi bajaradigan funksiyalarga ega bo'lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. funksiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda ko'p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funksiyalari to'g'risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o'rtasida soliqlar ikki funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko'ra eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki usiz nazorat funksiyasining mavjud bo'lishi mumkin emas. G'arb iqtisodchilari ko'pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. By konsepsiyaga ko'ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag'batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o'sishni ta'minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. 46 Neokeynschilik yo'nalishi vakillari bo'lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlarning fikriga ko'ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o'zgartirish va turli imtiyozlar berish yo'li bilan bu funksiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar. Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasini yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De Jirardenning nazariyasi asos bo'lgan. Bu nazariyaga ko'ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo'llash yo'li bilan jamiyat a'zolari o'rtasidagi mulkiy ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.45 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.45 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: docx