Soliqlar haqida ilmiy qarashlar Reja: Iqtisodiy ta'limotlarda soliqlarga oid g'oyalar va nazariyalar talqini. Umumiy soliq nazariyalari. Xususiy soliq nazariyalari. 1. Iqtisodiy ta'limotlarda soliqlarga oid g'oyalar va nazariyalar talqini Soliqlarning mohiyati to'g'risidagi qarashlar va ularning jamiyat iqtisodiy tizimidagi o'rni jamiyat munosabatlarining rivojlanishi bilan mos ravishda rivojlanib bormoqda. Soliqqa tortish to'g'risidagi qarashlarning shakllanishi bir necha bosqichlardan iborat bo'lib, boshlang'ich bosqichlarda soliqlarga iqtisodiy kategoriya sifatida qaralgan bo'lsa, so'nggi bosqichlarida ularning huquqiy jihatlariga ko'proq e'tibor qaratila boshlandi. Soliqqa tortish ilk ko'rinishlaridan biri - bu mag'lub bo'lgan davlatdan sovg'a tariqasida undirilgan. Mag'lub bo'lgan davlatning hamma boyliklari g'olib davlatga harbiy mukofot sifatida va xarajatlarini qoplash uchun o'tgan. Keyinchalik mag'lub bo'lgan davlat g'olib davlatni moddiy jihatdan ta'minlab turishlari (yoki pul to'lab turishlari) shart edi. Boshqacha qilib aytganda - soliqlarning birinchi shakli mag'lublardan soliq (yoki mag'lublar solig'i) sifatida undirilgan. Davlatchilik munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida va tinchlik paytlarida soliqqa tortish tizimi zarur qurbonlik sifatida jamiyatning ixtiyoriy emas, balki majburiy talablariga asoslangan tarzda amalga oshirilgan. O'sha davrning o'zidayoq soliqning muhim belgisi - majburiylik sezilib turardi. Bundan tashqari soliqqa tortish hali takomillashmagan bo'lsa ham, uning muhim elementlaridan biri - soliq stavkasi ajralib turgan. Moiseyning beshligida shunday deyilgan … va barcha yerdagi donlarning va daraxt hosillarining 110 qismi Xudoga tegishlidir, ya'ni birinchi daromad solig'i stavkasi 10 foizni tashkil etgan. Qadimgi Misrda va ko'plab sharqiy davlatlarda soliq davlat boshlig'iga tegishli bo'lgan yerdan foydalanganlik uchun ijara haqi sifatida undirilgan. Dastlabki feodal davlatlarida soliqlar davlat boshlig'iga sovg'a sifatida berilgan. Tasodif emaski, o'rta asrlarda Angliyada soliq va sovg'a so'zlari deyarli sinonim so'zlar bo'lib, ikkilasi ham gift ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.8 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.8 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: docx