Mavzu: «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» KURSINI O'QITISHNING ZARURIYATI, MAQSAD VA VAZIFALARI. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI Reja: 1. Soliqlar va soliqqa tortish maxsus kursini o'qitishning zarurligi, maqsadi va vazifalari. 2. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi 3. Soliq va boshqa majburiy to'lovlar elementlari 4. Soliqlarni byudjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati 5. Soliqqa tortish tamoyillari va soliqlarning asosiy funksiyalari. Tayanch iboralar: Soliq, majburiy to'lov, yig'im, soliq majburiyati, soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliq tizimi, soliq elementlari, soliq funksiyalari. 1. Soliqlar va soliqqa tortish maxsus kursini o'qitishning zarurligi, maqsadi va vazifalari. Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to'lovlar davlat xazinasining asosiy daromad manbasi hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar soliq to'lovchi yuridik va jismoniy shaxslardan soliq qonunchiligiga ko'ra belgilangan tartibda undiriladi. O'zbekiston Respublikasi bosh qomusi - mamlakat konstitutsiyasida ham fuqarolarning burch va majburiyatlaridan biri sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig'imlarni to'lashning majburiyligi belgilab qo'yilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarish uchun esa har bir fuqaro soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga doir yetarli darajada bilim va ko'nikmaga ega bo'lishlari lozim bo'ladi. Bu kursni o'qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o'sib borayotganligidan kelib chiqadi. Soliq va soliqqa tortish masxsus kursi soliq voqeliklarini (harakatlarini) chuqur o'rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo'llarini o'rgatadi. Har qanday fan yoki kurs o'zining predmetiga ega bo'lishi kerak. Soliq va soliqqa tortish maxsus kursining predmeti soliq harakatini o'rganishdir. Soliqqa tortishda soliq mexanizmi ishga solinadi. Uning harakatlanishi pul munosabatlari orqali sodir bo'ladi. Bu pul munosabatlari soliq to'lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliq undiruvchi ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.03 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.03 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: docx