Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va funksiyalari O'zbekistonning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bozor iqtisodiyoti bilan ifodalar ekan uning soliq tizimi xam bozor munosabatlari bilan aniqlanadi. Hozirgi davrda O'zbekistonning soliq solish tizimi davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalarni mablag' bilan ta'minlash bilan ifodalanadi. Amaliyotda soliq deganda ayrim iqtisodchilar byudjetga tushadigan pul yoki majburiy to'lov deb ta'rif beriladi. Bu soliqlarning to'la mohiyatini ochib bermaydi. Yani ayrim iqtisodchilarning fikrlaricha, soliqlar bu byudjetga tushadigan pul (iqtisodiy) va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to'lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxs) bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Soliq to'g'risidagi qonunlar Oliy majlis tomonidan tasdiqlangan demokratik munosabatlardir. Soliqlar milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir. Soliq davlatning markazlashgan pul fondi (davlat byudjeti) ni tashkil etishning asosiy vositasi hisoblanadi. Shunday qilib, soliqlar bu - davlat sarf xarajatlarini asosiy manbai bo'lib, u iqtisodiyotni tartibga solishni asosiy unsuridir. Soliqlarning o'ziga xos belgilari bo'lib, majburiyligi, g'aznaga tushishi, qatiyligi va doimiyligi, aniq soliq to'lovchi uchun ekvivalentsizlik belgisidir. 1. Soliq va yig'imlar majburiy bo'lib, bunda davlat soliq to'lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo'yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalgam oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlangan. 2. Soliqlar g'aznaga yani davlat byudjetiga tushadi. Agar to'lov biror boshqa jamg'armalarga tushsa, unda soliq munosabati bo'lmaydi. 3. Soliqlar qatiy belgilangan va doimiy harakatda bo'ladi. Tarixda 50 va 100 yillab o'zgarmasdan harakatda bo'lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo'lsa, shuncha qatiy va uzoq yillar o'zgarmasdan harakat qiladi. 4. Davlatga to'langan soliq ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.34 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.34 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc