Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari Reja: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati Soliqlarning belgilari va obyektiv zarurligi Soliqqa tortish tamoyillari Soliqlarning funksiyalar va vazifalari 1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo'lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog'liqdir. Soliqlar asli me'yoriy huquqiy hujjatda belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg'araz xususiyatga ega bo'lgan, byudjetga yo'naltiriladigan majburiy pul to'lovlaridir. Shu o'rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqeylik sifatida yuzaga chiqishini ta'kidlash lozim. Soliq tushunchasi bu tor ma'noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma'lumki soliqlar bevosita davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, davlat o'zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko'rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug'ullanish iqtisodiy samarasiz, bo'lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal qilishini zarur qilib qo'yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo'ladi. Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag' bilan ta'minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko'p bo'lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba'zi ijtimoiy himoyalangan bozor ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 96.93 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 96.93 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga