Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari Reja: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi va xususiyatlari. Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi. Soliqlarning funksiyalari va vazifalari. 1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi va xususiyatlari Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo'lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog'liqdir. Shu o'rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqiylik sifatida yuzaga chiqishini ta'kidlash lozim. Soliq tushunchasi bu tor ma'noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma'lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liqdir, ya'ni davlat o'zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko'rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug'ullanish iqtisodiy samarasiz bo'lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal qilishini zarur qilib qo'yadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo'ladi. Soliqlarning obyektiv zarurligini jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag' bilan ta'minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko'p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba'zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo'qola borsa, yangi vazifalar paydo bo'la boshlaydi. jahon moliyaviy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.25 KB
Ko'rishlar soni 184 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.25 KB
Ko'rishlar soni 184 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga