Soliqlarning paydo bo'lishi, ilk ko'rinishlari va rivojlanish bosqichlari (I-davr, II-davr, II-davr) Soliqlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi davlat moliyasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida soliq to'lovchilar mol-mulkining bir qismini majburiy ko'rinishda davlat xazinasiga o'zlashtirilishi sifatida undirish uzoq davrga borib taqaladi. Soliqlarning qachon paydo bo'lganligi haqida hech qanday aniq ma'lumot tarixiy kitoblarda uchramasada, lekin soliqlarning ilk ko'rinishi sifatida qurbonlik qilingan noz-ne'matlar e'tirof etiladi. Buning xususiyati shundan iboratki, u majburiy bo'lmay ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgandir. Qilingan qurbonliklar esa kambag'allarga, nochorlarga, etimlarga, muhtojlarga ulashib berilgan. Keyinchalik joriy etilgan soliqlar esa bevosita qabila hamda urug'lar o'rtasida davom etib turgan urush-janjallarga bog'liqdir. Bunday soliqlar natura shaklida bo'lib, bir qabilani bosib olish yoki o'zini muhofaza qilish uchun safarbar etilgan. Soliqlar tarixda inson sivilizatsiyasi bilan birga rivojlanib, uning ajralmas qismi hisoblanadi. Soliqlarning iqtisodiy munosabatlarda asosiy o'ringa chiqishiga avvlambor davlatning shakllanishi, jamoalarning sinflarga bo'linishi, qadimgi ijtimoiy tuzumning vujudga kelishi hamda ularning ma'lum moliyaviy manbaga ehtiyoj sezishlari sabab bo'lgan. Ingliz iqtisodchisi S. Parkinson so'zi bilan aytganda «Soliqlar ko'hnadir - xuddi dunyodek, uning yuzaga kelishida qachondir bir mahalliy qo'mondan o'z hududida joylashgan daryo yoki tog'dan savdogar hamda sayohatchi o'tsa ulardan haq olishi sabab bo'lgan».1 Soliqlar paydo bo'lishi va rivojlanishi jarayonida ularning shakllari ham o'zgarib kelmoqda. Agarda bugungi kunga kelib soliqlar asosan pul shaklida undirilayotgan bo'lsa, ular qadimda bir qancha ko'rinishlarda, jumladan, mehnat shaklida, natura shaklida undirilgan. Shu bilan birgalikda jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti yuksalishiga mos ravishda soliqlarning pulli shaklda undirilishi ham tobora rivojlanib bordi. 1 Parkinson S. Zakon i doxodi. - M. PKK Interkontakt, 1992. - S.14-15. 8 V. Pushkaryova soliqlar rivojlanish tarixini ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.18 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.18 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: docx