Soliqni undirish usullari

Soliqni undirish usullari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliqni undirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Soliqni undirish usullari. Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning ushta usuli mavjud: kadastrli; daromad manbaidan; daromad egasi daromadni olganidan so'ng (deklaratsiya buyisha). Birinshi usul bevosita real soliqlarni hisoblash ushun foydalaniladigan obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o'rtasha daromadliligi to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan kadastr yoki reyestrdan foydalanilishini taqozo etadi. Oliy belgilariga ko'ra tasniflanadigan obyektning tavsifnomasi kadastrning tuzilishiga asos bo'ladi. Masalan, yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xildagi yer ushastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga ko'ra guruhlanadi. Xar bir guruh ushun maydon birligining qator yillar ushun o'rtasha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma yer ushastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi. Soliqni to'lashning kadastrli usulining o'ziga xos xususiyati sifatida shuni ajratib ko'rsatish kerakki, soliqning to'lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog'liq bo'lmaydi, shunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar kurgonlarida yer solig'i stavkalarini ishlab shiqishga ular hududini shahar ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo'yisha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o'rtasha daromadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning ushun bunday usul ko'p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo'lishi mumkinki, undan soliq apparati unsha rivojlanmagan holatda qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasida yer solig'i kadastli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi yer solig'i stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan xar yili yangidan tasdiqlanadi. Ikkinshi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni to'laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishshining ish haqidan, xizmatshining maoshidan daromad solig'i shu tariqa undiriladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.56 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.56 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga