Sug'urta tashkilotlarining daromadlariga va qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari daromadlariga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari

Sug'urta tashkilotlarining daromadlariga va qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari daromadlariga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Sug'urta tashkilotlarining daromadlariga va qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari daromadlariga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Sug'o'rta tashkilotlarining daromadlariga va qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari daromadlariga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari Sug'o'rta tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi: Sug'o'rta qilish, birgalikda sug'o'rta qilish va qayta sug'o'rta qilish shartnomalari bo'yicha sug'o'rta mukofotlari (badallari). Bunda birgalikda sug'o'rta qilish shartnomalari bo'yicha sug'o'rta mukofotlari (badallari) sug'o'rtalovchining (birgalikda sug'o'rta qiluvchining) daromadlari tarkibiga faqat uning birgalikda sug'o'rta qilish shartnomasida belgilangan sug'o'rta mukofotidagi ulushi miqdorida qo'shiladi. Avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sug'o'rtaviy texnik zaxiralarni kamaytirishning (qaytarishning) qayta sug'o'rta qiluvchilarning sug'o'rta zaxiralaridagi ulushi o'zgarishi hisobga olingan holdagi summalari. Sug'o'rta qilish, birgalikda sug'o'rta qilish va qayta sug'o'rta qilish shartnomalari bo'yicha pul mukofoti, shuningdek qayta sug'o'rta qilish shartnomalari bo'yicha tantemalar (foydadan olinadigan haq). Qayta sug'o'rta qilishga o'tkazilgan tavakkalchilik bo'yicha sug'o'rta to'lovlari ulushining o'rnini qayta sug'o'rta qiluvchilar tomonidan qoplash summalari. Qayta sug'o'rta qilish shartnomalari bo'yicha mukofotlar deposiga hisoblangan foizlar summalari. Sug'o'rta qildiruvchining (naf oluvchining) etkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan, qonun hujjatlariga muvofiq sug'o'rtalovchiga o'tgan daromadlari. Sug'o'rta agenti, broker, vositachi xizmatlarini ko'rsatganlik uchun mukofot. Sug'o'rta bozorining professional ishtirokchilariga xizmatlar ko'rsatganlik uchun sug'o'rtalovchi tomonidan olingan pul mukofoti. Sug'o'rta xizmatlari ko'rsatishdan va qo'shimcha sug'o'rta faoliyatidan olingan boshqa daromadlar. Sug'o'rta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlariga quyidagilar kiradi: Qayta sug'o'rta qilish shartnomalari bo'yicha to'langan to'lov summalari. Avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sug'o'rta texnik zaxiralari o'sishining qayta sug'o'rta qiluvchilarning sug'o'rta zaxiralaridagi ulushi o'zgarishi hisobga olingan holdagi summasi. Sug'o'rta qilish va qayta sug'o'rta qilish majburiyatlari bo'yicha amalga oshirilgan hamda hisoblangan to'lov summalari. Fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq o'tgan yillardagi sug'o'rta hodisalari bo'yicha tugallanmagan to'lov summalari, shu jumladan davo muddati doirasidagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.62 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.62 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga