Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha imtiyozlar tarkibi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) Nogironlarning jamoat birlashmalari, Nuroniy jamg'armasi va O'zbekiston chernobilchilari assotsiatsiyasi mulkida bo'lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar, bundan savdo, vositachilik, ta'minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo'lgan xodimlar kiritiladi. 2) Suv uchun byudjetga soliq o'tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste'molchilar. 3) Birlamchi foydalanilgan suv uchun to'lov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste'molchilari. 4) Ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar - tadbirkorlik subyektlari - yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to'g'risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan etiboran. Ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to'xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, soliq imtiyozi qo'llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo'llanilgan butun davr uchun to'liq miqdorda undiriladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi: 1) Sog'liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari hajmiga. 2) Dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv hajmiga. 3) Atrof muhitga zararli ta'sir ko'rsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga. 4) Shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qariga qaytarib qo'yiladigan yer osti suvlari hajmiga. 5) Gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga. 6) Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan sho'rlangan erlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmiga. ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.21 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.21 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: docx