Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning o'ziga xos xususiyatlari Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lovchilar O'zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv istemolini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir: Yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlari. Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi norezidentlari. Tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil yetmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaliklari. Aholi punktlarining suv ta'minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o'z ehtiyojlariga ishlatiladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lovchidir. Quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lovchilar bo'lmaydi: Notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan suv hajmlari bo'yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lovchi bo'ladi. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti va uni aniqlash tartibi Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyektidir. Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, ko'llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari. Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi. Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o'lchagich asboblarining ko'rsatkichlari asosida aniqlanadi. Suvdan o'lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv istemolining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug'orish normalaridan yoki ma'lumotlarning ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.24 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.24 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: docx