Tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo'yicha yuridik shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan soliqni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bu - soliq solishning ayrim toifadagi soliq to'lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to'lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo'llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibidir. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to'lovchilarning ayrim toifalari uchun qo'llaniladi va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qatiy belgilangan soliqni hisoblash hamda to'lashning maxsus qoidalari qo'llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo'yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi. Qatiy belgilangan soliqni to'lash belgilangan faoliyat turlarini amalga oshiruvchi to'lovchilar soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda qatiy belgilangan soliq to'lashlari shart. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qatiy belgilangan soliqni soliq qonunchiligida nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning o'rniga to'lanadi. Soliq davri mobaynida soliq solish tartibi o'zgargan taqdirda, soliq to'lovchi bu haqda soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi. Bunda o'tgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'sha davrda amal qilgan soliq solish tartibidan kelib chiqqan holda to'lash bo'yicha majburiyatlar soliq to'lovchilarda saqlanib qoladi. ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.7 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.7 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: docx