Tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo'yicha yuridik shaxslardan olinadigan qatiy belgilangan soliqni to'lovchilar va soliq solish obyekti Qatiy belgilangan soliqni to'lovchilar quyidagilardir: faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko'rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar. yakka tartibdagi tadbirkorlar. Qatiy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro'yxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko'rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko'rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi soliq to'lovchilar faoliyatning qatiy belgilangan soliq to'lash tatbiq etiladigan qismiga doir soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqiga ega emas. Qatiy belgilangan soliq to'lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo'yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan soliqlarni to'lashlari shart. Asosiy faoliyat turi bo'yicha qatiy belgilangan soliqni to'lovchilar bo'lgan yuridik shaxslar uchun soliq qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar, shuningdek ijaradan olingan daromadlar bundan mustasno. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki yagona soliq to'lovi joriy etiladi. Faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda qatiy belgilangan soliqni to'laydi. ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.78 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.78 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: docx