Tadbirkorlik faoliyati haqida tushuncha Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo'lishi mumkin emas. Yakka tartibdagi tadbirkorlik -yuridik shaxs tashkil yetmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga ashyoviy huquq, tufayli o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun yer-xotindan biri yer-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki yer-xotin o'rtasidagi o'zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, yerning (xotinning) roziligi talab qilinadi. Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil yetmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi: yer-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik. oddiy shirkat. yuridik shaxs tashkil yetmagan holda dehqon xo'jaligi shakllarida amalga oshirishlari mumkin. yer-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli bo'lgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalalarida yer-xotin nomidan yerning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor ro'yxatdan o'tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim. Tadbirkorlik faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog'lik oilaviy tadbirkorlik ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.2 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.2 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc