Uchastka soliq inspektorini ishini tashkil etish

Uchastka soliq inspektorini ishini tashkil etish

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Uchastka soliq inspektorini ishini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Uchastka soliq inspektorini ishini tashkil etish Davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning byudjetga to'liq va o'z vaqtida tushishini ta'minlash maqsadlarida tuzilgan. Soliq nazorati soliq to'lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog'liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat. Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to'lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog'liq obyektlarni, byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Soliq to'lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog'liq obyektlar to'liq va o'z vaqtida hisobga olinishini ta'minlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari lavozimi tashkil etiladi. Uchastkalarning chegaralari, shuningdek uchastka soliq inspektorlarining soni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan normativlar bo'yicha belgilanadi. Uchastka soliq inspektorlari o'zlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk solig'i va yer solig'i to'lovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni o'z vaqtida to'lashlarini nazorat qiladilar. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining raisi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi raisining o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining mansabdor shaxslari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.19 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.19 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga