Uchastka soliq inspektorlari tomonidan jismoniy shaxslar to'laydigan soliqlar summasini hisoblash, to'lash va qaytarish tartibi

Uchastka soliq inspektorlari tomonidan jismoniy shaxslar to'laydigan soliqlar summasini hisoblash, to'lash va qaytarish tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Uchastka soliq inspektorlari tomonidan jismoniy shaxslar to'laydigan soliqlar summasini hisoblash, to'lash va qaytarish tartibi - rasmi

Material tavsifi

Uchastka soliq inspektorlari tomonidan jismoniy shaxslar to'laydigan soliqlar summasini hisoblash, to'lash va qaytarish tartibi Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyati uning meros qilingan mol-mulkini qabul qilgan merosxo'ri (merosxo'rlari) tomonidan, meros qilingan mol-mulkning qiymati doirasida va merosdagi ulushga mutanosib ravishda, meros qabul qilib olingan kundan etiboran bir yildan kechiktirmasdan bajariladi. Vafot etgan jismoniy shaxs to'lashi lozim bo'lgan penya yoki jarimalarni to'lash majburiyati merosxo'rga (merosxo'rlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi. Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash bo'yicha soliq majburiyati summasi meros qilingan mol-mulk qiymatidan ortiq bo'lgan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq yoki boshqa majburiy to'lovni to'lash bo'yicha qarzining qolgan summasi umidsiz qarz deb etirof etiladi. Merosxo'r bo'lmagan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi umidsiz qarz hisoblanadi. Soliq qarziga ega bo'lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qo'yilgan yoki uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxo'ri (merosxo'rlari) to'g'risida axborot olingan paytdan etiboran o'ttiz kun ichida unga (ularga) soliq qarzi borligini malum qilishi shart. Sud tomonidan bedarak yo'qolgan deb topilgan jismoniy shaxsning soliq qarzi qonun hujjatlariga muvofiq bedarak yo'qolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega bo'lgan shaxs tomonidan bedarak yo'qolgan shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyati uning vasiysi tomonidan muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi. Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning mol-mulki etarli bo'lmagan (yo'q bo'lgan) taqdirda, uning soliq qarzining ko'rsatilgan mol-mulk qiymatidan ortiq qismi umidsiz qarz deb etirof etiladi. Jismoniy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.6 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.6 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga