Xalqaro soliqqa tortishning asosiy tamoyillari, huquqiy asoslari

Xalqaro soliqqa tortishning asosiy tamoyillari, huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Xalqaro soliqqa tortishning asosiy tamoyillari, huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

xalqaro soliqqa tortishning asosiy tamoyillari, huquqiy asoslari Jahon hamjamiyati iqtisodiy tizimlari integratsiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi xorijiy mamlakatlar soliq tizimlarini o'zaro ta'siriga olib keldi. Lekin turli malakatlarda soliqqa tortishni u yoki bu masalalariga bo'lgan yondashuvlarni bir biriga mos kelmasligi nizoli vaziyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. Masalan, xalqaro ikki tomonlama soliqqa tortish ana shunday masalalardan biridir. xalqaro ikki tomonlama soliqqa tortish deganda ikki yoki undan ko'p mamlakatda bir soliq to'lovchining faoliyati bir xil yoki shunga o'xshash soliq turi bilan bir vaqtning o'zida soliqqa tortish ifodalanadi. Ikki tomonlama soliqqa tortishni belgilovchi ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat - soliqqa tortish obyektining o'xshashligi; - soliqqa tortish subyektlarining o'xshashligi; - soliq to'lash muddatining o'xshashligi; - soliq to'lovining bir xilligi va boshq. Xar bir mamlakatda soliq yurisdiktsiyasini kengaytirish va uni muhofaza etish, shuningdek, tovar, xizmat va kapitalni eksport qiluvchilarga soliq imtiyozlari berish bilan bog'liq tadbirlarning umumiy yig'indisi mamlakatning tashqi soliq siyosati deyiladi. Ushbu siyosatning kaysi tomonga yo'nalishi muayyan vaziyatdan kelib chikadi. U byudjet daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan yoki eksportni qullab- quvvatlash maqsadidan kelib chiqishi mumkin. Ammo, shu narsani yoddan chikarmaslik lozimki, bu sohada manyovrlashtirish imkoniyatlari ancha chegaralangan yuqorida aytilganidek, xech bir mamlakat o'z fuqarolari yoki kapitali uchun boshqa mamlakatdan, mahalliy aholiga qo'llanilayotgan soliqqa tortishga nisbatan imtiyozlirok bo'lgan tartibni talab qilishga xaqli emas. Xuddi shuningdek, xech bir mamlakat o'z hududida faoliyat yuritayotgan xorijiy fuqaro va shaxslarga, soliq yukini mahalliy aholidan keskin farq qiluvchi nisbatlarda oshirishga xaqli emas. Bunday holatning yuz berishi, mazkur mamlakatning xorijiy bozorlaridagi faoliyatiga nisbatan xam xuddi shunday chora-tadbirlar qullanilishiga olib kelishi mumkin. q Aksariyat mamlakatlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.74 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.74 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga