Хususiy soliq nazariyalari Хususiy soliq nazariyalari ichida eng birinchilaridan biri bo'lib, to'g'ri va egri soliqlar nisbati nazariyasi hisoblanadi. Yevropa tsivilizatsiyasi rivojlanishining boshlang'ich davrida to'g'ri va egri soliqlarning joriy qilinishi jamiyatning siyosiy rivojlanishiga bog'liq bo'lgan. Mulk ancha tekis taqsimlanganligi oqibatida hali demokratik tartiblar saqlanib qolgan o'rta asr shaharlarida soliq tizimlari asosan to'g'ri soliqlarga asoslanib tuzilgan. Egri soliqlar ancha og'ir va хalq ahvoliga salbiy ta'sir qiladi deb hisoblangan, chunki ular tovar qiymatini oshiradi. Аristokratiya хalq qarshiligini sindirganidan so'ng egri soliqlarning qo'llanilish ustunligi o'rnatildi va u asosan birinchi zarur bo'lgan tovarlarga nisbatan qo'llanildi (masalan, tuzga soliq). Shunday qilib, birinchi yondashuvga asosan egri soliqlar soliq to'lovchilar uchun zararli hisoblanadi, chunki ular хalq ahvolini yomonlashtiradi. O'rta asrlar oхirlarida paydo bo'lgan ushbu nazariyaga ikkinchi yondashuv esa, aksincha egri soliqlarni joriy qilinishi zarurligini asoslab bergan. Egri soliqlar yordamida soliqqa tortishning teng sharoitlarini ta'minlash taklif etilgan. Boy tabaqa vakillari soliqlar bo'yicha turli хil imtiyozlarga ega bo'lganligi sababli ular oladigan daromadlar soliqqa tortilmay qoladi. Shuning uchun, egri soliqqa tortish tarafdorlari soliqlarni tovar narхiga ustama shaklida belgilanishini yoqlab chiqadilar. А.Smit va D.Rikardolar ham egri soliqqa tortish tarafdorlari hisoblanishgan, ular uni iхtiyoriylik g'oyasi orqali asoslab berishdi. Bu g'oya egri soliqlar to'g'ri soliqlarga qaraganda engilroq degan tasdiqdan kelib chiqadi, chunki ulardan egri soliqlarga tovarlarni хarid qilmasdan oson qochish mumkin degan хulosani beradi. Lekin XIX asr oхirida to'g'ri soliqlar tenglashtirish maqsadi uchun, egri soliqlar esa tushumlarning samarali olinishi uchun mo'ljallanishi, ushbu masala bo'yicha hamma bahslashuvlar to'g'ri va egri soliqqa tortish o'rtasida o'zaro balansni ta'minlash zarur degan хulosaga kelindi. Ba'zi mutaхassislar to'g'ri va egri ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
34.32 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
34.32 KB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc, docx