Yagona yer solig'i bo'yicha soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va to'lash tartibi

Yagona yer solig'i bo'yicha soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va to'lash tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yagona yer solig'i bo'yicha soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va to'lash tartibi - rasmi

Material tavsifi

Yagona yer solig'i bo'yicha soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va to'lash tartibi Kalendar yil soliq davridir. Yagona yer solig'i summasi yer uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig'ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona yer solig'ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi. Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig'i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to'lanadi. Yer uchastkasi olib qo'yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig'ini to'lash yer uchastkasi olib qo'yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to'xtatiladi (kamaytiriladi). Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o'zgargan, shuningdek yagona yer solig'i bo'yicha imtiyozlarga bo'lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to'lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig'ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart. Yagona yer solig'ini to'lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: hisobot yilining 1 iyo'ligacha - yillik soliq summasining 20 foizi. hisobot yilining 1 sentyabrigacha - yillik soliq summasining 30 foizi. hisobot yilining 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasi. Nazorat va muhokama uchun savollar Yagona yer solig'i to'lovchilari tarkibini tushuntirib bering? Yagona yer solig'ini to'lash tartibini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Yagona yer solig'i solish obyekti va soliq solinadigan bazani aniqlash tartibi nimalardan iborat? Yagona yer solig'i bo'yicha beriladigan imtiyozlar aytib bering? Yer uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig'ining belgilangan stavkasini tushintiring? Yagona yer solig'i bo'yicha soliq hisob-kitoblarini taqdim etish qanday? Yagona yer solig'i hisoblashda miqdoriy usullarni qo'llashni tushuntirib bering? Asosiy adabiyotlar Islom Karimov. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradigan yil bo'ladi. T.: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.83 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.83 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga