Yagona yer solig'ini to'lash tartibini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari

Yagona yer solig'ini to'lash tartibini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yagona yer solig'ini to'lash tartibini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Yagona yer solig'ini to'lash tartibini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari Yagona yer solig'ini to'lash tartibini qo'llash uchun soliq to'lovchi har yili joriy soliq davrining 1 fevraliga qadar soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o'tgan soliq davrida qishloq xo'jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo'jaligi mahsulotining o'zi etishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko'rsatilgan ma'lumotnomani taqdim etadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo'jaligi mahsulotining o'zi etishtirgan va qayta ishlagan ulushini aniqlashda soliq qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. Agar o'tgan soliq davri yakunlari bo'yicha yagona yer solig'i to'lovchi soliq qonunchiligida belgilangan shartlarga javob bermasa, soliq to'lovchi joriy soliq davrining boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to'lovini to'lashga o'tishi kerak. Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiradigan soliq to'lovchi soliq qonunchiligida belgilangan shartlarga javob bermay qo'ygan soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibini tanlash to'g'risida yozma bildirish taqdim etadi. Soliq to'lovchining yozma bildirishni belgilangan muddatda taqdim yetmaganligi uning umumbelgilangan soliqlarni to'lashga roziligi deb hisoblanadi. Yagona yer solig'ini to'lashdan umumbelgilangan soliqlarni to'lashga o'tgan soliq to'lovchi soliq qonunchiligida nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo'yicha u umumbelgilangan soliqlarni to'lashga o'tgan soliq davrining birinchi choragi uchun joriy to'lovlarni to'lashdan ozod qilinadi. Umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to'lovini to'lashga o'tgan yagona yer solig'ini to'lovchi soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga muvofiq faqat navbatdagi soliq davri boshidan boshlab yana yagona yer solig'ini to'lashga o'tishga haqlidir. Soliq qonunchiligida belgilangan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga