Yalpi tushum va uning tarkibi Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to'lovini to'lashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar to'lashni tanlashga haqli. Faoliyat ko'rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to'lovini to'lashga o'tish uchun keyingi hisobot davri boshlanishiga kamida bir oy qolganda, yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar esa, davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan etiboran o'n besh kundan kechiktirmasdan soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini yagona soliq to'lovini to'lashga o'tishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to'lovini to'lashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda hisobot davri tugaganidan so'ng o'n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot davridan boshlab umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tadi. Hisobot yili tugashi bilan soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan yagona soliq to'lovini to'lovchilar davlat soliq xizmati organlariga yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim etiladigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot yilidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tadi. Soliq qonunchiligida ko'rsatilgan yagona soliq to'lovini to'lovchilar yagona soliq to'lovini to'lash huquqidan mahrum bo'lgan o'tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo'yicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq to'lovi yuzasidan qayta hisob-kitobni amalga oshiradi. Yagona soliq to'lovi bo'yicha qayta hisob-kitob o'tkazish uchun yagona soliq to'lovini to'lovchilar yil yakunlari bo'yicha yagona soliq to'lovi hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilarni taqdim etadilar: Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan shaklda va tartibda umumbelgilangan soliqlarning har bir turi bo'yicha hisob-kitoblarni. O'zbekiston Respublikasi Davlat ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.36 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.36 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: docx