Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha imtiyozlar va ularning qo'llanilishi tartibi

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha imtiyozlar va ularning qo'llanilishi tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha imtiyozlar va ularning qo'llanilishi tartibi - rasmi

Material tavsifi

Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha imtiyozlar va ularning qo'llanilishi tartibi Mahsulot taqsimotiga oid bitim bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yer qaridan foydalanuvchilar qo'shimcha foyda solig'ini to'lovchilar bo'lmaydi. Foydali qazilma konlarini keyinchalik ularni kavlab olishni nazarda tutmaydigan qidirish o'tkazishda tijoratbop topilma bonusi to'lanmaydi. Qo'shimcha foyda solig'ini to'lovchilar soliq to'langandan so'ng qo'shimcha foydaning ular ixtiyorida qoladigan qismini to'liq hajmda maxsus ochiladigan investitsiya hisobvaraqlariga o'tkazadilar. Ko'rsatilgan investitsiya hisobvaraqlaridan mablag'lar faqat O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda sotish uchun maqullangan investitsiya loyihalarini moliyalash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etilgan kreditlarga xizmat ko'rsatish, shuningdek asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashga sarflanadi. Tijorat topilmasi bonusining summasi yer qaridan foydalanganlik uchun soliqning yillik summasidan oshgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat topilmasi bonusini 3 yilgacha muddatda bo'lib-bo'lib to'lash ko'rinishidagi imkoniyat berilishi mumkin. Belgilangan stavka bo'yicha yer qaridan foydalanganlik uchun soliq O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo'mitasi belgilagan tartibda utilizatsiya qilingan mashal gazini realizatsiya qiladigan korxona tomonidan to'lanadi. Navoiy KMK DK uranni kavlab olganlik bo'yicha yer qaridan foydalanganlik uchun soliqni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda to'laydi. Yer qaridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlarni hisoblash va to'lash tartibi Kalendar yil soliq davridir. Hisobot davri quyidagilardir: Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun - yil choragi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to'lovchilar uchun - bir oy. Jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil. Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.29 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.29 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga