Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning o'ziga xos xususiyatlari

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqning o'ziga xos xususiyatlari O'zbekiston Respublikasi hududida konlarni aniqlash va qidirish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshirayotgan, shuningdek foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qaridan foydalanuvchilardir. Yer qaridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus to'lovlarni to'laydilar: Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq. Qo'shimcha foyda solig'i. Bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar). 2.Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqning to'lovchilari tarkibi Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lovchilar quyidagilardir: Yer qaridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan yer qaridan foydalanuvchilar. Foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qaridan foydalanuvchilar. Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. Tayyor mahsulotlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o'z istemoli va boshqa ehtiyojlari uchun mo'ljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb etirof etiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.66 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.66 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga