Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti va soliqqa tortiladigan baza

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti va soliqqa tortiladigan baza

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti va soliqqa tortiladigan baza - rasmi

Material tavsifi

Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti va soliqqa tortiladigan baza Soliq solish obyekti tayyor mahsulotning har bir turi bo'yicha alohida aniqlanadi. Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir: Sanoat yo'sinida dastlabki qayta ishlovdan o'tkazilgan kavlab olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo'shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar. Uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar. Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti bo'lmaydi. Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish obyektidir. Quyidagilar qattiq foydali qazilmalar bo'yicha soliq solish obyektidir: Kavlab olingan (shu jumladan qo'shilib chiqadigan) foydali qazilmalar. Foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar. Soliq to'lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab olingan hamda o'zining xo'jalik va ro'zg'or ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti bo'lmaydi. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro'yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun, kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o'rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazadir. Hisobot davri uchun o'rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo'yicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo'shilgan qiymat solig'i va aktsiz solig'ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.93 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.93 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga