Yer solig'ining joriy etilishi iqtisodiy mohiyati va va ahamiyati Mamlakatimizda yer solig'ini undirishning huquqiy asoslari 1990 yil 20 iyunda Yer to'g'risida Qonun qabul qilindi va ushbu qonunga ko'ra yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning pullik bo'lishi belgilandi hamda yer uchun haq yillik yer solig'i sifatida undiriladigan bo'ldi. 1991 yilda Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to'g'risida, 1993 yilda Yer solig'i to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda yer solig'ini undirishda soliqqa tortish obyekti, subyektlari, soliq bo'yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va byudjetga to'lash tartiblari ko'rsatib berildi. 1997 yilda Soliq kodeksining qabul qilinishi hamda 1998 yildan uning kuchga kiritilishi bilan yer solig'ining to'laqonli huquqiy asoslari yaratildi. O'zbekiston Respublikasining 1998 yilda qabul qilingan «Yer kodeksi»ga muvofiq, Yer - umum milliy boylikdir, O'zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yer to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko'zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo'jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarini himoya qilishni ta'minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer to'g'risidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish; yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta'minlash; qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan yerlarning, eng avvalo sug'oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.79 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.79 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx