Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha imtiyozlar va soliq stavkalari

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha imtiyozlar va soliq stavkalari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha imtiyozlar va soliq stavkalari - rasmi

Material tavsifi

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha imtiyozlar va soliq stavkalari Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini to'lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi: 1.Nogironlarning jamoat birlashmalari, Nuroniy jamg'armasi va O'zbekiston chernobilchilari assotsiatsiyasi mulkida bo'lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta'minlash-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqini belgilayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda turgan xodimlar kiritiladi. 2.Davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari. 3. Jazoni ijro etish muassasalari. 4. Ichki ishlar organlari huzuridagi qo'riqlash bo'linmalari. Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi: 1.Protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko'rsatishdan, nogironlar uchun mo'ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta'mirlash hamda ularga xizmat ko'rsatishdan olingan foydasi. 2.Shahar yo'lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo'nalishli taksidan tashqari) yo'lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishdan olingan foydasi. 3.Tarix va madaniyat yodgorliklarini ta'mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi. 4.Investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yo'naltiriladigan foydasi. 5.Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'lardan foydalanishdan olingan foydasi. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi: 1.Ekologiya, sog'lomlashtirish va hayriya jamg'armalariga, madaniyat, sog'liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta'lim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga beriladigan badallar, homiylik va hayriya tariqasidagi mablag'lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda. 2.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha tarbiya ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.17 KB
Ko'rishlar soni 276 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.17 KB
Ko'rishlar soni 276 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga