Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i to'lovchilari tarkibi va soliq solish obyekti Foyda solig'i to'lovchi yuridik shaxslar tarkibi 1.O'zbekiston Respublikasining rezidentlari. 2.O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo'lish manbai O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan O'zbekiston Respublikasi norezidentlari. Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i to'lovchilar bo'lmaydi: 1.Notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda notijorat tashkilotlar o'zi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydadan soliq to'lovchi bo'ladi. 2.Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ining obyekti quyidagilardir: O'zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi. O'zbekiston Respublikasi rezidentlarining va O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining soliq qonunchiligiga muvofiq chegirmalar qilinmagan holda to'lov manbaida soliq solinadigan daromadlari. Soliq solinadigan baza jami daromad bilan soliq qonunchiligida nazarda tutilgan chegirib tashlanadigan xarajatlar o'rtasidagi farq sifatida, soliq qonunchiligida, boshqa qonunlarda va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi. O'tgan soliq davrlariga tegishli, joriy soliq davriga o'tkazilishi lozim bo'lgan zararlar mavjud bo'lsa, soliq solinadigan baza soliq qonunchiligiga muvofiq taqsimlab o'tkaziladigan zararlar summasiga kamaytiriladi. ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.92 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.92 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx