Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini hisoblash va to'lash tartibi

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini hisoblash va to'lash tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini hisoblash va to'lash tartibi - rasmi

Material tavsifi

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini hisoblash va to'lash tartibi Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini hisoblab chiqarish soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Kalendar yil soliq davridir. Yilning choragi hisobot davridir. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ining hisob-kitobi, davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga O'zbekiston Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin shaklda), shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ining hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ining hisob-kitobida byudjetga to'lanadigan sof foydadan olinadigan soliq summasi alohida satrda ko'rsatiladi. Faoliyat kalendar yil tugashidan avval tugatilgan taqdirda, bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi shart. Hisobot davri mobaynida soliq to'lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini joriy to'lovlarni kiritish orqali to'laydilar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha joriy to'lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to'lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ining summasi haqida ma'lumotnoma taqdim etadilar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha joriy to'lovlar har oyning 15-kuniga qadar soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilgan yil choragi bo'yicha yuridik shaxslardan olinadigan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.61 KB
Ko'rishlar soni 247 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.61 KB
Ko'rishlar soni 247 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga