Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar

Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar - rasmi

Material tavsifi

Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar Soliqlar deganda soliq qonunchiligida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg'araz xususiyatga ega bo'lgan, byudjetga yo'naltiriladigan majburiy pul to'lovlari tushuniladi. Boshqa majburiy to'lovlar deganda soliq qonunchiligida belgilangan davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy pul to'lovlari, bojxona to'lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to'lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to'lanishi lozim bo'lgan yig'imlar, davlat boji tushuniladi. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga quyidagilar kiradi: 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i. 2. Qo'shilgan qiymat solig'i. 3. Aktsiz solig'i. 4. Yer qaridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar. 5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 6. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 7. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i 8.Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i. 9. Yagona soliq to'lovi. 10. Yagona yer solig'i. 11.Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qatiy belgilangan soliq. Yuridik shaxslarning hamma soliqlari naqd pulsiz to'lanadi. Biroq, ayrim yig'imlar (davlat va bojxona bojlari) naqd pulli bo'lishi mumkin. Yuridik shaxslar soliqlarini naqd pulsiz to'lanishi juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Pul o'tkazishlar tezlashadi, ijtimoiy xarajatlar tejaladi. 2007 yil 23 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2007 yil 30 noyabrda Senat tomonidan maqullangan, 2007 yil 25 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov tomonidan tasdiqlangan 2008 yil 1 yanvardan etiboran kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tizimi quyidagi tarkibga ega: 1.Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to'lovlar. 2.Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar Yuridik shaxslardan olinadigan umumdavlat soliqlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.04 KB
Ko'rishlar soni 353 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.04 KB
Ko'rishlar soni 353 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga