Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini hisoblash va to'lash muddatlari Kalendar yil soliq va hisobot davridir. Yer solig'i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo'lgan holatga ko'ra hisoblab chiqariladi va yer solig'ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi. Yer solig'ini hisoblab chiqarish soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Soliq solinadigan bazada (hisoblangan soliq summasida) soliq davri mobaynida o'zgarish bo'lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida davlat soliq xizmati organiga yer solig'ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etishi shart. Soliq davri mobaynida qishloq xo'jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida o'zgarishlar yuz bergan yagona yer solig'ini to'lashga o'tmagan qishloq xo'jaligi korxonalari yer solig'ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1 dekabriga qadar taqdim etadi. Yer solig'ini to'lash, yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15- kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. Yagona yer solig'i to'lashga o'tmagan qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan yer solig'ini to'lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: hisobot yilining 1 iyo'liga qadar - yillik soliq summasining 20 foizi. hisobot yilining 1 sentyabriga qadar - yillik soliq summasining 30 foizi. hisobot yilining 1 dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi. Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lovchilar kimlar va soliq solish obyekti nimalardan iborat? 2.Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i bo'yicha imtiyozlar va soliq stavkasini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari qanday? 3.Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini hisoblash va to'lash tartibi qanday amalga oshiriladi? Asosiy adabiyotlar Islom Karimov. 2012 yil Vatanimiz ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.63 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.63 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx