Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lovchilar tarkibi

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lovchilar tarkibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lovchilar tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lovchilar tarkibi Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig'ini to'lovchilaridir. Ko'chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer solig'ini to'lovchi bo'ladi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o'z ulushi uchun yer solig'ini to'lovchidir. Quyidagilar yer solig'ini to'lovchilar bo'lmaydi: notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan yer uchastkalari bo'yicha ushbu bo'limda nazarda tutilgan tartibda yer solig'i to'lovchilar bo'ladi. Soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ining obyekti va soliq solinadigan baza Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo'lgan yer uchastkalari soliq solish obyektidir. Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi: aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi: maydonlar, ko'chalar, tor ko'chalar, yo'llar, sug'orish tarmog'i, sohil bo'yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar. aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog'lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar). kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar). zaxira yerlar. Yer uchastkasining soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir. Qaysi yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to'lovchiga o'tgan bo'lsa, o'sha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.56 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.56 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga