Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda (daromad) solig'ining iqtisodiy mohiyati, ahamiyati va byudjet daromadlarida tutgan o'rni. Yuridik shaxslarning to'laydigan soliqlari ishida ularning daromadi (foydasi)ga soliq byudjet daromadlari tarkibida katta o'rin egallaydi. Bu soliq to'g'ri soliq bo'lganligi ushun xo'jalik subyektlarining to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy ahvoli bilan bog'liq, unga ta'sir etadi. Shuning ushun bu soliq salmog'ini davlat yildan-yilga kamaytirish siyosatini olib bormoqda. Masalan, 1996-1998 yillarda 21-25 foizlarni tashkil etgan bo'lsa, 2002 yildan boshlab 8-9,3 foizni, 2003 yilda esa 8,6 foiz bo'lgan. Yuridik shaxslarning daromad (foyda)siga soliq - bu korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadi (foydasi)ning bir qismini byudjetga majburiy to'lov munosabatini bildiradi. Soliq kodeksi bo'yisha daromad (foydaga) ega bo'lgan yuridik shaxslargina bu soliqni to'lovshilari bo'ladi. Ammo, jami daromad, ulardan shegirib tashlanadigan shiqimlar soliq kodeksiga kiritilgan bo'lsa ham, ularni aniqlashni Vazirlar Mahkamasiga yuklatilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o'zining 199 yil 5 fevral 54-son Qarori bilan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab shiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish hisoboti» to'g'risidagi Nizomni qabul qilgan. Jami daromad va soliqqa tortiladigan daromad ham shu nizom bilan belgilanadi. Daromad (foyda)ga soliq to'lovshilari bo'lib, moliya yilida soliqqa tortiladigan daromad (foyda)ga ega bo'lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Moliya yili bizning Respublikamizda kalendar yiliga mos tushadi. Ammo hamma yuridik shaxslar ham bu soliqni to'layvermaydi. Kichik korxonalar, savdo tashkilotlari, gramplastinkalar ishlab shiqib sotuvshi tashkilotlar, yagona soliq to'lovshi shakana savdo korxonalari (kichik va mikrofirmalar), yagona yer solig'i to'lovshi qishloq xo'jalik tovari ishlab shiqaruvshilar bu soliqni to'lamaydilar. Ular o'zlari ushun ixshamlashtirilgan soliqni to'laydilar. Bulardan tashqari tadbirkorlik faoliyatining faqat alohida turlariga qat'iy stavkada soliq to'lovshilar ham bu soliqni to'lamaydilar. Soliqqa ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.37 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.37 KB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx