Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining maqsadi va vazifasi

Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining maqsadi va vazifasi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining maqsadi va vazifasi - rasmi

Material tavsifi

«Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining maqsadi va vazifasi «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibi, yuridik shaxslardan undiriladigan umumdavlat va mahalliy soliqlarni iqtisodiy mohiyati va soliq tizimidagi ahamiyati, yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlarning turlari, yuridik shaxslarni soliqqa tortishning o'ziga xos xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirib, yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirish, fan bo'yicha nazariy va amaliy bilim ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradigan yil bo'ladi4 nomli ma'ruzalarida keltirilgan ma'lumotlar, asosiy tushuncha va qarashlar, ustuvor yo'nalishlar va xulosalarni puxta o'zlashtirishlari, kelgusi faoliyatlarida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta'minlash fanning oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Ushbu fan yuridik shaxslarni soliqqa tortish tushunchasi, yuridik shaxslardan undiriladigan umumdavlat va mahalliy soliqlarni iqtisodiy mohiyati, yuridik shaxslarni soliqqa tortishning asosiy prinsiplarini o'rgatishda qo'l keladi. Shuningdek, «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani mutaxassislik fanlardan biri bo'lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o'rganishda asos bo'lib xizmat qiladi. Fanning vazifasi yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibi bo'yicha talabalar va davlat soliq xizmati organlari xodimlarini nazariy hamda amaliy tomondan o'rgatish hamda soliq amaliyotida tadbiq etishdir. Shuningdek, rivojlangan chet el mamlakatlarining soliq amaliyotidagi ilg'or tajribalarini o'rganish asosida qilingan xulosalarni iqtisodiyotimizga mos tomonlarini tadbiq etishdan iboratdir. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlariga mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining asosiy vazifasi yuqori malakali davlat soliq xizmati organlariga mutaxassis kadrlarni tayyorlashda ularni ham nazariy, ham ilmiy, ham amaliy jihatidan o'rganishlarini va bilimga ega bo'lishlarini ta'minlashdan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.27 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.27 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga