«Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining predmeti va o'rganish usullari «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani barcha iqtisodiy fanlar kabi o'zining predmetiga, yani izlanish obyektiga ega. «Soliq tarixi va nazariyasi» fanining predmeti bo'lib soliqlar va soliq munosabatlarini paydo bo'lishi hamda soliqlarning harkati hisoblansa, «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fanida esa jismoniy shaxslarni soliqqa tortish mexanizmini har taraflama o'rganish bo'lsa, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning harakati, yuridik shaxslarni soliqqa tortish mexanizmini o'rganish, yuridik shaxslarni soliqqa tortish jarayoni «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining predmeti bo'lib hisoblanadi. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanini o'rganishdagi usullar umumiy va alohida usullarga bo'linadi. Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini tadqiq qilishning ilmiy uslubi dialektik uslubdir. Shuning uchun ham ushbu ilmiy uslub barcha fanlarning, shu jumladan «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi. Dialektika iqtisodiy jarayonlarning o'zaro bog'liqligi, harakat va rivojlanishida tadqiq qilishni talab etadi. Dialektik uslub shuni tadqiq etadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo'ladi, bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib boradi. Shuning uchun ushbu uslub tadqiq etishning induksiya va deduksiya usullarini o'z ichiga oladi. Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo'lsa - induksiya usuli vujudga keladi. Barcha xususiy hollarni o'z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa - deduksiya usuli yuzaga keladi. Hamma iqtisodiy fanlar kabi «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining ham o'ziga xos ilmiy tadqiq etish usullari mavjud, yani ilmiy tadqiq etish usullari biri bu ilmiy abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining mohiyati bu tahlil paytida obyektning faqat bir tomoniga, tadqiq etilayotgan jarayonning asosiy mohiyatiga etibor qaratilib, halal berishi mumkin bo'lgan ikkinchi ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.67 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.67 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx