Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi

Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi Jami daromadga quyidagilar kiradi: Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar. Boshqa daromadlar. Soliq to'lovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlari milliy valyutada olingan daromadlar bilan jamlangan holda, buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi. Quyidagilar soliq to'lovchining daromadi sifatida qaralmaydi: 1.Ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha birlashtiriladigan mablag'lar. 2.Muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda) yoki muassis (ishtirokchi) ulushining miqdori kamaytirilganda, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o'rtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa doirasida olingan mablag'lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar). 3.Oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo'lingan taqdirda, hissasi miqdorida olingan mablag'lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar). 4.Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (bo'nak) tarzida olingan mablag'lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar). 5. Qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarni ta'minlash tariqasida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag'lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar) ularga bo'lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o'tadigan paytga qadar. 6.Byudjetdan berilgan subsidiyalar. 7.Agar mablag'larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga o'tkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo'lsa, tekin olingan mablag'lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar. 8.Olingan grantlar va insonparvarlik yordami. 9.Notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta'minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko'ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag'lar. 10.Sug'o'rta shartnomalari bo'yicha ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.04 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.04 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga