Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to'lash tartibi Kalendar yil soliq davridir. Yil choragi hisobot davridir. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to'lovchi - O'zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Soliq davri mobaynida soliq to'lovchilar har oyda joriy to'lovlarni to'laydilar, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Joriy to'lovlar summasi tegishli yil uchun mol-mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o'rtacha yillik qiymatdan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining o'n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi. Joriy to'lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to'lovchi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan shakldagi ma'lumotnomani joriy yilning 20 yanvarigacha taqdim etadi. Byudjetga joriy to'lovlarni to'lash har oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. To'lanishi lozim bo'lgan, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan kechiktirmay byudjetga o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi: O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaning soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk to'g'risidagi ma'lumotnomani hisobot yilidan ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.93 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.93 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx