Yuridik shaxslarning xarajatlarini guruhlash

Yuridik shaxslarning xarajatlarini guruhlash

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yuridik shaxslarning xarajatlarini guruhlash - rasmi

Material tavsifi

Yuridik shaxslarning xarajatlarini guruhlash Xarajatlarni quyidagicha guruhlash mumkin: Chegirib tashlanadigan xarajatlar va chegirilmaydigan xarajatlarga bo'linadi. Soliq to'lovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi, soliq qonunchiligiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno. Asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar, soliq qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda esa, qonun hujjatlariga va (yoki) soliq to'lovchining hisobga olish siyosatiga muvofiq rasmiylashtirilgan zararlar ham soliq to'lovchining xarajatlari bo'ladi. Soliq to'lovchining xarajatlari haqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan bo'lsa, o'sha davrda chegirib tashlanadi. Agar ayni bir xil xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan bo'lsa, soliq solinadigan foydani hisoblashda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi. Soliq to'lovchi sarflagan va qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlar qiymati milliy valyutada ifodalangan xarajatlar bilan jamlab hisobga olinadi. Mazkur xarajatlarni qayta hisoblash soliq to'lovchi tomonidan buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq to'lovchining xarajatlari chegirib tashlanadigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo'linadi. Chegirib tashlanadigan xarajatlar quyidagilardir: 1. Moddiy xarajatlar. 2. Mehnatga haq to'lash xarajatlari. 3. Amortizatsiya xarajatlari. 4. Boshqa xarajatlar. 5. Kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi xarajatlar. Quyidagilarga soliq to'lovchining xarajati sifatida qaralmaydi: 1.Vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko'rsatish uchun boshqa shartnoma bo'yicha majburiyatlar bajarilishi munosabati bilan, shuningdek komitent yoki boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarga haq to'lash hisobiga vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan topshirilgan mol-mulk tarzidagi to'lovlar, agar bunday xarajatlar tuzilgan shartnomalarning shartlariga muvofiq vositachi yoki boshqa ishonchli vakilning yoxud boshqa topshiriq beruvchining xarajatlari tarkibiga kiritilishi lozim bo'lmasa. 2. Soliq to'lovchi emitent tomonidan topshirilgan, aksiyadorlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.65 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.65 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga