Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig'imlar

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig'imlar

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig'imlar - rasmi

Material tavsifi

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig'imlar Soliq munosabatlari mavjud bo'lishining asosiy shartlaridan biri - bu davlatning mavjudligi bo'lsa, ikkinchi sharti bo'lib soliqlarni to'lashga qobil bo'lgan soliq to'lovchilarning mavjudligidir. O'zbekiston soliqlar tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varag'iga ega bo'lgan alohida bo'linmalar ham tushuniladi. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxona daromadiga soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun, suv resurslaridan foydalanganlik uchun, ekologiya, savdo tashkilotlarini yalpi daromad solig'i, yer solig'i, mol-mulk solig'i, kichik biznes uchun yagona soliq va boshqalar kiradi. Ba'zi soliqlarni (QQS, aktsiz) yuridik shaxslar ham jismoniy shaxslar ham to'laydilar. Jismoniy shaxslar to'laydigan soliqlarga daromadga soliq, yer, mol-mulk soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda korxonalar hisob (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga ko'chirib qo'yiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba'zi soliqlar naqd pulga undirilganligi uchun uni to'lash qiyin kechadi. Bunday soliqlarga yer, mol-mulk soliqlari, va qator yig'imlar kiradi. Soliq yig'ish xarajati ko'payib ketadi. Chunki bu ish bilan maxsus tajribaga ega bo'lgan inspektorlar shug'ullanadi, hujjatlar (deklaratsiya, xabarnomalar, chaqiriqlar va boshqalar) ko'p yoziladi. Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi fuqarolar jami daromadiga soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratiladi. Ilgari aytganimizdek yuridik shaxslarning byudjetlarga to'laydigan soliqlari to'g'ri va egri soliqlarga bo'linadi. To'g'ri soliqlar daromad (foyda) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 122.53 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 122.53 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc, docx
Tepaga