Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i Reja: 1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining mohiyati, soliq to'lovchilar, soliq obyekti va bazasi. 2. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi. 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalari. 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha imtiyozlar. 5. Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadiga soliq solishning xususiyatlari. 6. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. 7. Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to'lash tartibi. 8. Jismoniy shaxslar daromad solig'ini hisoblash uslubiyatini takomillashtirishda ilg'or xorij tajribalaridan foydalanish yo'llari. Tayanch so'z va iboralar: jismoniy shaxs, rezident jismoniy shaxs, norezident jismoniy shaxs, soliq to'lovchilar, jami yillik daromad, soliq obyekti, soliq subyekti, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblash tartibi, soliqni to'lash muddatlari 1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining mohiyati, soliq to'lovchilar, soliq obyekti va bazasi. Ma'lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish maqsadida soliq to'lovchilar ikkiga bo'lingan, ya'ni yuridik va jismoniy shaxslarga. Jismoniy shaxslarga - yuridik shaxs maqomini olmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kiradi. Jismoniy shaxslar to'layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan salmoqli o'rinni egallaydigan soliq bu - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idir. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i - davlat byudjeti daromad manbalaridan biri bo'lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o'ziga xos xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi. Bugungi kunda jismoniy shaxslar to'layotgan soliqlar va yig'imlar byudjet daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 1991 yilda byudjet tushumlarining 6,7 foizini tashkil etgan bo'lsa, 2009 yilda 13,1 foizni tashkil etgan. 2018 yilgi davlat byudjeti parametrlari bo'yicha ushbu soliq davlat byudjeti daromadlarining 8,4 foizni, to'g'ri soliqlar ichida esa ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:14:44
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
89.49 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:14 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
89.49 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: docx