1-Mavzu: Soliq va soliqqa tortish fanining predmeti va o'rganish usullari Reja: 1. Soliqlar va soliqqa tortish fanini o'qitishning zarurligi, predmeti va funksiyalari. 2. Umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlar, soddalashtirilgan soliq tizimiga o'tgan yuridik va jismoniy shaxslar. 3. To'g'ri va egri soliqlarning tarkibi va ularning byudjet daromadlaridagi ahamiyati. 4. Soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to'lovchilarning huquq va majburiyatlari. 5. Xorijiy davlatlarda soliqlar asosida iqtisodiyotni tartibga solish nazariyasi va amaliyoti tahlili. Tayanch so'z va iboralar: maqsad, metod, predmet, soliq, soliq obyekti, soliq subyekti, soliq yuki, munosabat, amaliyot, nazariya, umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar, soliq tizimi, byudjet, majburiy to'lov 1. Soliqlar va soliqqa tortish fanini o'qitishning zarurligi, predmeti va funksiyalari. Soliqlar va soliqqa tortish fanining boshqa fanlar singari o'ziga xos predmet va vazifalari mavjud. Bu fanni o'qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o'sib borayotganligidan kelib chiqadi. Soliqlar va soliqqa tortish fani soliq voqe'liklarini (harakatlarini) chuqur o'rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo'llarini o'rgatadi. Soliqlar va soliqqa tortish fani soliq amaliyotidagi eng to'g'ri, eng mukammal va eng progressiv voqe'liklarni o'rganib, amaliyot uchun xuddi bir dasturiy amalday yoritib boradi. Nazariya voqeliklarni amaliyotdan oladi va yana amaliyotga eng to'g'ri, ma'qul va ilg'or tajribalar olinib amaliyotga yo'l ko'rsatish uchun o'rgatiladi. Demak, nazariya amaliyot uchun kerak va amaliyot uchun kompas, barometr, yo'l boshlovchi vazifasini bajaradi. Nazariyasiz amaliyot yo'ldan adashgan yo'lovchidir. Nazariyani chuqur bilgan amaliyotchi har qanday o'zgarishlarda ham ishlab keta oladi va yo'ldan adashmaydi. Soliqlar va soliqqa tortish fanini o'qitishning zarurligi amaliyotda yo'ldan adashmaslik, keraksiz soliqlar bo'yicha o'zgartishlarga yo'l qo'ymaslik, ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:14:44
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.97 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:14 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.97 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: docx