Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i Reja: 1. Foyda solig'ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 2. Soliq to'lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi. 3. Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar. 4. Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar. 5. Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to'lash muddatlari. 6. Rivojlangan xorijiy davlatlarda yuridik shaxslarning foydasini soliqqa tortishning o'ziga xosligi. Tayanch so'z va iboralar: yuridik shaxs, soliq to'lovchilar, jami daromadlar, soliq obyekti, soliq subyekti, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblash tartibi, soliqni to'lash muddatlari 1. Foyda solig'ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari 1991 yilga qadar asosan davlat korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy to'lov bo'lib, u korxonalar balans foydasining 90 foizgacha bo'lgan qismini byudjetga olib ketar edi. Qolgan mablag'lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirig'iga ko'ra tegishli fondlarga taqsimlanar edi. Respublikamiz ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o'tishi tufayli mamlakatimiz xo'jalik turmushida chuqur ijobiy o'zgarishlar ro'y bera boshladi. Natijada mulkchilikning turli shakllari rivojlanishi, korxonalarning imkoniyatini oshishi, bozor infrastrukturasi rivojlanishi bilan majburiy ajratmalarning avvalgi tizimi korxonalarning xo'jalik yuritish samaradorligini ta'minlay olmay qoldi hamda ular bevosita va bilvosita investitsiya dasturlariga to'sqinliq qila boshladi. Chunki, foydadan ajratma o'zining iqtisodiy mohiyatiga ko'ra faqat davlat korxonalari foydasidan ajratilishi lozim edi. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o'rniga daromad solig'ini joriy etish zarurati paydo bo'ldi va 1992 yildan boshlab barcha turdagi xo'jalik yurituvchi subyektlar Daromad solig'ini to'lashga o'tdilar. O'zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan vaqtda daromad solig'ini olishga ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:14:44
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
123.33 KB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
71 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:14 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
123.33 KB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
71 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx