Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Reja: 1. O'zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig'ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. 2. Mol-mulk solig'i to'lovchilar, soliqqa tortish obyekti va mol-mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi. 3. Mol-mulk solig'i stavkalari, soliqdan imtiyozlar. 4. Soliq hisobini taqdim etish va hisoblangan soliq summasini byudjetga to'lash muddatlari. 5. Rivojlangan xorijiy davlatlarda yuridik shaxslar mol-mulkini soliqqa tortish tajribasi. Tayanch so'z va iboralar: yuridik shaxs, jismoniy shaxs, rezident yuridik shaxs, mol-mulk, soliq to'lovchilar, soliq obyekti, soliq to'lovchilar, soliq subyekti, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblash tartibi, soliqni to'lash muddatlari 1. O'zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig'ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. O'zbekistonda korxonalar faoliyatini soliqqa tortish yo'lidagi muhim qadamlardan biri korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy qilinishi bo'ldi. Mol-mulk solig'i dastlab, O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to'g'risidagi Qonuniga asosan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to'lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi. Hozirgi vaqtda ushbu soliqning huquqiy asosi bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Davlat soliq xizmati to'g'risidagi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda boshqa soliq qonunchiligi bilan bog'liq bo'lgan me'yoriy hujjatlar hisoblanadi. O'zbekiston soliq tizimida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i to'g'ri soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko'ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo'yicha tushumlar summasi to'liq mahalliy byudjetlarga tushadi va u byudjetning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig'ini joriy qilishdan ko'zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o'zlarining xo'jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:14:44
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.73 KB
Ko'rishlar soni
467 marta
Ko'chirishlar soni
126 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:14 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.73 KB
Ko'rishlar soni
467 marta
Ko'chirishlar soni
126 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx