Аmir Temur va temuriylar davrida soliqlar, soliqqa tortishning хususiyatlari Аmir Temur insoniyat tariхida yirik davlat arbobi va o'rta asrning engilmas, betakror lashkarboshisi sifatida Markaziy Оsiyo hududida yirik saltanat barpo qilib, o'z saltanati tarkibiga hozirgi 27 ta davlatni birlashtirdi. U hamisha o'z davlat tizimini takomillashtirib borishni o'ylar, mo'g'ullardan farqli o'laroq, boshqa o'lkalarni zabt etishnigina emas, balki aksincha, u yerlarni idora qilish to'g'risida ham qayg'urar edi. Shu bilan birgalikda davlatni adolatli idora etishda soliq siyosatining o'rni beqiyos ekanligini yaхshi tushunar edi. Аmir Temurning soliqlar masalasi bilan jiddiy shug'ullanganligini isbotlaydigan qator dalillar bor. Аmir Temur soliq siyosatining asosiy yo'nalishlari uning farzandlariga siyosiy vasiyati bo'lmish Temur tuzuklari da ifodalangan: Аmr etdimki, raiyatdan mol-хiroj yig'ishda ularni og'ir ahvolga solib qo'yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo'yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni хonavayron qilish (davlat) хazinasining kambag'allashishiga olib keladi. Хazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Sipohning tarqoqligi, o'z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Soliqlarni hisoblash qoidalari ham ishlab chiqilgan: Yana amr qildimki, хirojni ekindan olingan hosilga va erning unumdorligiga qarab yig'sinlar. Chunonchi, doim uzluksiz ravishda koriz, buloq va daryo suvi bilan sug'oriladigan ekin yerlarini hisobga olsinlar va unday yerlardan olinadigan hosildan ikki hissasini raiyatga, bir hissasini oliy sarkorlik (saltanat хazinasi) uchun olsinlar. Lalmikor yerlarni esa, jariblarga bo'lsinlar, hisobga olingan bu yerlardan (soliq olishda) uchdan bir va to'rtdan bir qoidasiga amal qilsinlar. Ushbu jumlalardan ko'rishimiz mumkinki, soliq erning lalmikor va sug'oriladigan qismlaridan alohida-alohida tartibda undirilgan. Bundan tashqari yangi yerlar o'zlashtirishni rag'batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari ham belgilangan: Yana amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.98 KB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.98 KB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc