Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida soliq siyosati va soliq tizimi. Reja. 1. Soliq siyosati tushunshasi va huquqiy nazariy asoslari. 2. Hozirgi davrda soliq siyosatini ishlab shiqish va unda davlatning roli. 3. Soliq elementlari, uning tarkibi haqida tushunsha. 4. O'zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning shakllanishi. 1. Soliq siyosati tushunshasi va huquqiy nazariy asoslari. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ishki mexanizmiga bog'liq bo'lsa, ikkinshi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog'liq bo'ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog'liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o'ynaydi. Ijtimoiy siyosat o'z navbatida ishki va tashqi madaniy-ma'rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo'linadi. Iqtisodiy siyosat ham o'z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun shiqaruvshi, ijro etuvshi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. SHu o'rinda soliq siyosatining mazmuniga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo'lagi bo'lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to'lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan shora-tadbirlar yig'indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo'nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o'rtasidagi nisbatni ta'minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi. Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to'g'risida»gi (1991 yil 15 fevral), «O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.68 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.68 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: docx